Used Muslima kundaligi for Android?


Muslima kundaligi Analysis

AI Assisted Content ·

Not written by CNET Staff.

Muslima Kundaligi is an Android application designed for entertainment purposes, specifically focusing on astrological compatibility for Muslim users. This app provides insights into personal compatibility based on the principles of Kundali matching, which is a traditional method used in various cultures to assess compatibility between individuals. Users can input their birth details to receive tailored compatibility reports, which may include information on personal traits, strengths, and challenges in relationships.

Top Recommended Alternative

The app features an intuitive interface that allows users to easily navigate through its various functions. It supports multiple languages, catering to a diverse audience. Additionally, Muslima Kundaligi provides daily updates and tips related to astrology and relationship management, enhancing the user experience. Overall, it serves as a useful tool for those interested in exploring compatibility through a cultural and astrological lens.

Enlarged image for Muslima kundaligi
Muslima kundaligi 0/4

Used Muslima kundaligi for Android?


Explore More


Full Specifications

GENERAL
Release
Latest update
Version
1.3
OPERATING SYSTEMS
Platform
Android
Additional Requirements
None
POPULARITY
Total Downloads
104
Downloads Last Week
0

Report Software

Program available in other languages


Last Updated


Developer’s Description

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuhu.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuhu!

Muhtaram opa singillar ushbu dastur sizga nafaqat kundalik ishlaringizni tartiblashda, balki namoz vaqtlarini aniqlashtirishda ham ko'makchi bir taqvimdir. Oddiy taqvimlardan farqli o'laroq unda zuho va tahajjud namozlari vaqti ham berilgan. Zero bu ikki namozning ham ulug'ligi va fazilatli ekanligi hadislarda ta'kidlangan. Eslatib o'tamiz: namoz vaqtlari shahardan shaharga farq qiladi. Shuning uchun dasturning "Sozlash" sahifasida joyingizni aniqlang.

Har bir kun sanasi berilar ekan, o'sha kunda ro'za tutish farz, sunnat yoki aksincha man etilganligi qayd qilingan. Shuningdek bayramlarimiz va alohida ahamiyatli kunlar ham esdan chiqmagan. O'sha kunga tegishli hadislar va ma'lumotlar keltirilgan. Ular Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Hadis va hayot" silsilasidan olingan.

Kundalik har kungi ishlaringizni soatlar bo'yicha tartiblashingiz uchun qulay bir holda tuzildi. "Kun tartibi" sahifasida muhim ishlaringizni unutmasligingiz uchun eslamtalar qo'shishingiz mumkin.

"Xarid zarurati" sahifasi ayollarimiz uchun juda dolzarb. Chunki biz hamisha nimanidir xarid qilishimiz kerak bo'ladiyu, ba'zan ro'yxatdan biror narsa unutiladi. Umid qilamizki, endi kamchiliklarga yo'l qo'yilmaydi.

Shuningdek ayni qo'llanmada siz har kuni yangi taomlar retseptlarini ham topasiz. Taomlarga kerakli masalliqlar yurtimizda mavjudligiga ahamiyat berildi va faslga moslab tanlandi. Har bir taomning retseptini batafsil o'rganishni istasangiz va fotolarni ko'rmoqchi bo'lsangiz www.muslimaat.uz saytiga murojaat qiling.

Yana siz uchun kerakli deb hisoblab tavsiya etganimiz: farzand tarbiyasi ruknidir. Har bir ona o'z farzandining tarbiyali bo'lmog'ini orzu qiladi. Shunday ekan, ayni borada bolalar psixologlari, jahondagi mashhur pediatrlar tavsiyalari, qolaversa milliy diniy an'analarimizdan kelib chiqqan holda ushbu maslahatlarni jamlashga urindik.

Ayollar uchun o'ta muhim bo'lgan mavzu bu go'zallik. Sir emaski oilalarimizning mustahkamligi ba'zan ayollarimizning o'zlariga nisbatan ahamiyatlari bo'lishlariga, tashqi ko'rinishlariga bog'liq bo'lib qoladi. Ayni maqsadni ko'zlab, uy sharoitida yaxshilashimiz mumkin bo'lgan jihatlar e'tiborga olingan holda, kerakli maslahat va tavsiyalarni "Go'zallik" sahifasida topasiz.

"Kalendar" sahifasida oylik kalendarni milodiy hamda xijriy sanalar ko'rinishida taqdim qildik. Bu kalendar yangi oy chiqish kunini bilishda hamda ayollarna xos holatlarni belgilab borishda qo'l keladi.

Dasturda qo'shimcha o'laroq hozirgi kunda maxsulotlarda uchraydigan zararli elementlar (E-moddalar) va kir yuvishda kiyimlarda ehtiyot belgilarning izohlarini topasiz.

Aziz Muslima opa singillar! Qo'lingizdagi ushbu kundalik sizu bizga ikki dunyoda manfaatli bo'lishini so'raymiz. Agar sahvu xatolar uchrasa, uzr so'raymiz. Maqul kelgan jihatlari uchun esa duolaringizdan umidvormiz!


Download.com
Your review for Muslima kundaligi
Download.com

AI Assisted Content Disclosure

Content created and reviewed by Softonic with information obtained from Al Khorazmiy, using AI.

CNET's editorial team was not involved in the creation of this content. Opinions, analysis and reviews were not provided by CNET.