Xonanda, bastakor hamda prodyuser Ozoda Saidzoda (kopchilik Nursaidova deb biladi) Parpievna 1974 yil 9 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Toytepa shahrida ziyoli oilasida tavvalud topdi. Tabiatan xuddi ogil boladek ancha shox bolib, hatto bolalar bilan mushtlashib yurgan Ozoda orta umumtalim maktabini tamomlagach, bolaligidagi orzusi huquqshunos bolish maqsadida 1991 yilda Yuridik Institutga (hozirgi Toshkent Davlat Yuridik Universitetiga) oqishga hujjat topshirdi. Lekin omad kulib boqmadi. Xuddi taqdir unga sanatni hadya etishni bilgandek. Kopchilik undan yaxshi huquqshunos chiqishi mumkinligini aytsa-da, yuridik sohada oqimaslikka ahd qildi.
Maktabni bitirish arafasi. Aynan shu paytlarda Ozodaning qalbini bir tuygu egallagan edi. Uning musiqaga, milliy estradaga qiziqishi ortib borayotgandi. Qiziqish bora-bora maqsadga aylandi, maqsad esa niyatga. Niyat oz royobini korsatdi. 1993 yilda Muxtor Ashrafiy nomidagi Ozbekiston Davlat Konservatoriyasining ananaviy ashula va raqs yonalishida hujjat topshirdi. Imtihonda komissiya azolari ovozini eshitib, hayratda qolishib, oz firklarini bildirishdi: Ozodaning ovozi boshqa tengdoshlarida uchramaydigan noyob tembr va baland ovoz. Va bu Konservatoriya uchun bir muvaffaqqiyatdir. Ha, chindan-da, ustoz-shogirdlik annalari asosida Ozoda kun sayin muvaffaqqiyatlarni qolga kiritaverdi.
Oz ijodiy ishini sharqona musiqa, xalqona qoshiqlar va Maqom yonalishini tirishqoqlik bilan organishdan boshlagan Saidzoda 1994 yilda Ozbekiston milliy teleradiokompaniyasining oltin fondida saqlanayotgan maqom yonalishidagi Mugulchai Navo va Inonma deb nomlangan ikki qoshiqni kuyladi. Xonanda ham qiziqishi, ham ozmi-kopmi muxlislarining talabidan kelib chiqqan holda, shu yili Muhammad Yusuf sheri bilan Muhabbat qaydasan qoshigini bastaladi. Debyut tarona omadli keldi. Talablar kop. Xonanda oz ustida ishlab, yana ikkita Etmasmidim (1994), Otajon (1995) taronalarini ham yozdi.
1997 yilda esa Muhabbat qaydasan nomli qoshigiga birinchi videoklipni ishladi. Va shu nomda ilk musiqiy albomini ham tayyorlab, muxlislariga taqdim etdi. Omad bir kelsa, birin-ketin kelar ekan. 1999 yilda ikkinchi albomini taqdim etdi va shu yili ilk yakkaxon konsertini ham taqdim etdi. 2001 yilda Tarona tomonidan otkazilgan marosimda Yilning eng yaxshi ayol xonandasi nominatsiyasida golib boldi.
Ushbu ilovada san`atkorning:
40 yoshimda
Alam
Andijonlik bezori
Asrasin
Avrama
Begim
Bor-bor
Boshqachaman
Go`zal kechalarda
Halos
Ishq sharobi
Karvon
Ketma
Mayxona
Qishloqi
Sen bo`lmasang
Sinmadim ona
Yalla
Yoqasiz
Yor-yor
Zolim yillar kabi taronalari joy olgan.
Shop your favorite products and we’ll find the best deal with a single click. Designed to make shopping easier.