Join or Sign In

Sign in to add and modify your software

Sign in with Facebook Sign in with email

By joining Download.com, you agree to our Terms of Use and acknowledge the data practices in our Privacy Agreement.

Mahmud Nomozov - qo'shiqlar for Android

By uSofMaker Free

Developer's Description

Ushbu ilovada Mahmud Nomozovning:

Armon

Baxshiyona

Do`mbiram so`yla

Gulpari

Jo`rajon

Ko`za afsonasi

Ko`za 2

Mayxona

Nigohlarimiz

Ohu-voh

Osmonlarga

Oypari

Qishlog`im

Saratonda

Sevilmagan qiz

Sog`inch

Toshlarga so`yladim

Yor-yor

nomli taronalari joy olgan.

Nomozov Mahmud Almatovich (8-may 1960) Taniqli o`zbek va sovet estrada qo`shiqchisi, bastakor, yozuvchi va aktyor. O`zbekiston xalq artisti.

Mahmud Nomozov 1960-yilning 8-mayida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida dunyoga kelgan.Shu tumandagi 58-sonli o`rta maktabda o`qidi. Ilk musiqiy savodni maktabdagi musiqa to`garagida oldi. O`quvchilik paytlaridan jamoa xo`jaligi qoshida ochilgan Rayhonashula va raqs ansamblida yakkaxon xonanda bo`lib ishladi.Musiqaga bo`lgan qiziqishi tufayli 1977-yil maktabni bitirgach,Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika instituti ning musiqa fakultetiga o`qishga kirdi. Bu dargohni a`lo baholarga bitirib, o`zi ta`lim olgan maktabga musiqa o`qituvchisi bo`lib ishga keldi. Ushbu maktabdagi o`n ikki yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab shogirdlariga musiqaga muhabbat tuyg`usini singdirdi. Maktabing musiqa to`garagi a`zolari tuman, viloyat va respublika miqyoslaridagi ko`rik-tanlovlarda doimo faxrli o`rinlarni egallab kelishgan.Mahmud Nomozov o`zining ilk ijodiy faoliyatini maktab sahnasida qo`shiqchi sifatida boshlagan bo`lsa-da, keyingi faoliyati davomida, xususan, maktabdagi o`qituvchilik yillari Surxondaryo viloyatining musiqiy folklorini o`rganishga katta e`tibor qaratdi. Ta`kidlash lozimki, o`zida dostonchilik va terma janrining ming yillik an`analarini mujassam qilgan bu musiqiy merosni o`rganish ishlari o`tgan asrning yetmishinchi-saksoninchi yillarida o`zbek milliy musiqasi taraqqiyotidan chyetda qolib kelayotgan edi. Uning bu bo`shliqni to`ldirish, janubiy viloyatlarning baxshichilik an`analarini musiqiy madaniyat doirasiga qayta olib kirish borasidagi sa`y-harakatlari natijasi o`laroq, 1991 yili uning Baxshiyona qo`shig`i dunyo yuzini ko`rdi.Baxshichilik an`analari yo`lida yaratilgan bu qo`shiq betakror taronasi, zamonaviy musiqa yo`nalishlariga hamohangligi bilan tezda musiqa ixlosmandlari va mutaxassislar nazariga tushdi. Zamonaviy o`zbek estrada qo`shiqchiligining xalq ohanglariga oshno bo`lish jarayoni ayni shu qo`shiqdan boshlandi, e`tirof etish mumkin.Ijodiy jarayonga faol aralashish istagi 1994 yili Mahmud Nomozovni poytaxt Toshkentga yetaklab keldi. O`zbekiston radiosining Yoshlar kanali da musiqa muharriri bo`lib ishlay boshladi.Bu orada Mahmud Nomozovning qizg`in ijodiy faoliyati boshlandi. Birin-ketin Guldona, Ohu-vo, Oybuloq, Gulpari, Jo`rajon, Oypari, Surxon uforisi, Og`amjon kabi qator xalqona qo`shiqlar dunyo yuzini ko`rdi. Deyarli har yili Turkiston, Istiqlol saroylarida yangi koncert dasturlarini muxlislari e`tiboriga havola qilib kelmoqda. Uning Ona yurt ohanglari, Nigoh, Sog`inch, Dil fasli, Kuz sonatasi, Oypari, Yurtim shamoli, Gulnorjon, Charxpalak, Ko`za afsonasi, Baxshiyona kabi o`nlab musiqiy al bomlari audio va video shaklida o`n minglab nusxada muxlislar qo`liga yetib bordi. Hindiston, Janubiy Koreya, Germaniya, Shveycariya, Rossiya, Turkiya mamlakatlarida gastrol safarlarida bo`lib, ijodiy uchrashuvlar o`tkazdi.Mahmud Nomozovning ijodiy va mehnat faoliyati xalqimiz va hukumatimiz tomonidan munosib baholandi. U 2000 yili O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, 2009 yili O`zbekiston xalq artisti, 2010 yili Qoraqalpog`iston xalq artisti unvonlariga sazovor bo`ldi. Ijodiy faoliyati davomida o`nlab shogirdlar yetishtirdi.Ayni kunlarda Mahmud Nomozov ijodiy faoliyat bilan birga keng jamaochilik ishlarida ham faol ishtirok etmoqda. O`zbeknavo estrada birlashmasi qoshidagi Badiiiy kengashi hamda Nihol davlat mukofoti hayat a`zosi sifatida o`zbek musiqasining taraqqiyotiga baholi qudrat hissa qo`shib kelmoqda.

Full Specifications

What's new in version 2.0

General

Release August 28, 2020
Date Added August 28, 2020
Version 2.0

Operating Systems

Operating Systems Android
Additional Requirements Requires Android 4.1 and up

Popularity

Total Downloads 0
Downloads Last Week 0
Report Software

Related Apps

Spotify: Listen to new music, podcasts, and songs

Free
Spotify: Listen to new music, podcasts, and songs

YouTube Music

Free
YouTube Music

Google Play Music

Free
Google Play Music

Pandora Music

Free
Pandora Music

Best VPN Services for 2021

Best for privacy

3 months free with 1-year plan

Best for customer support

$39.99 for the first 12 months

Best for zero logs

$4.87.99/months for a 1-year plan

Best money-back guarantee

$2.99/months for a 3-year plan