Ushbu dastur AzonFM onlayn radiosini tinglash uchun qulay vositadir (hozircha faqat Tas-IX'da).
Efir davomida Qur'on tilovati, "Bir oyat tafsiri", "Bir hadis sharhi", "Zamonaviy fiqhiy masalalar" va "Umumiy fiqh" hamda aqida, savollarga javoblar, yurtimizdagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar, saytimizda doimiy ravishda berib borilayotgan "Risolatul Qushayriya" asari audio talqini kabi ko'plab eshittirishlarni tinglashingiz mumkin.
Shuningdek, yurtimizning taniqli shoir va yozuvchilarining ijod namunalaridan ham berib borishni maqsad qilganmiz.
Onlayn radio faoliyati davomida kamchiliklar ko'zga tashlanishi tabiiy. Buning uchun ma'zur tutasizlar. Va imkon qadar xatolarimizni bildirgan holda bizga murojaat qilsangiz, ularni to'g'irlashga harakat qilamiz
Shop your favorite products and we’ll find the best deal with a single click. Designed to make shopping easier.